wordpress haqida umumiy ma`lumot

Internetdagi ko`pgina saytlarining asosini WordPress CMS tashkil qiladi. Bu CMS da saytlarni yaratish oson va o`ziga yarasha qiyinchiliklari ham bor. Men shu CMS haqida ma`lumot bermoqchiman.

WordPress bu — kontentlarni boshqarish tizimi CMS (Content Management System), PHP dasturlash tilida tuzilgan, qo’shimchasiga CSS stillari, JS kodlari, HTML teglari ham ishlatilgan. Bu CMS asosan blog saytlar tuzish uchun ishlatiladi, lekin hozirgi kunda istalgan murakkablikdagi saytlarni ham tuzish mumkin.

WordPress tizimi tez-tez yangilanib turadi va har bir yangilanish ma’lum bir qo’shimcha funksiyalar yaratilishiga sabab bo’ladi, undan tashqari xatoliklar ham to’g’irlanadi.

Bu CMS ning yaxshi tomoni shundaki, admin paneli juda qulay va tushunarlidir. Biroz til (rus yoki ingliz tili)ni bilgan holda o’zingiz o’rganib olishingiz ham mumkin.

WordPress’da sayt qilish uchun biror shablon tanlanadi va shu shablon asosida sayt tuziladi, shablonlar topish muammo emas, chunki bu CMS shablonlari juda ko’p va rang barangdir ham bepuldir.

Shablonlar 2 xil pullik va bepul turi bor. Agar qandaydir murakkab sayt yoki daromadli sayt qilmoqchi bo’lsangiz, albatta pullik shablonni tanlashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki pullik shablonlarni ishlatkaningizda, qandaydir muammoga uchrasangiz, shablon tuzuvchilari sizga bu muammoni yechib berishadi, ya’ni qo’llab quvvatlash xizmati mavjud.

Hozirda shablonlar moslashuvchanlik (responsive) hususiyatiga ega, ya’ni istalgan o’lchamli ekranlarga moslashib ketaveradi, har hil ekranlar uchun alohida sayt qilmaysiz.

Shablonlar funksiyasini oshirish uchun plaginlar ishlatiladi, plaginlar sayt strukturasini o’zgartirmagan holda, qo’shimcha xizmatlarni qo`shishi mumkin. Wordpres plaginlar soni juda ko`p bo`lib, ular ham tez-tez yangilanib boradi. WordPress versiyasi yangilanganda, plaginlar ham shu asosida yangilanadi, ya’ni moslashtiriladi.

Shablon va plaginlar bu CMSning asosi hisoblanishadi, har doim WordPress, shablon va plaginlarni yangilab borish lozim, bu xavfsizlik darajasini oshishiga olib keladi.

WordPressni o’rganishdan oldin quyidagilarni bilishingiz lozim:

— CMS haqida;

— Web server;

— MySQL (boshlang’ich malumotlar: nima bu, jadval, ustun, tip, …);

— WAMP (Denwer yoki OpenServer);

— HTML teglari, CSS stillari (asosi yetarli bo’ladi);

— arxiv fayllar hosil qilish va ularni ochish(WinRar);

— Total Commander bilan ishlash(iloji boricha);

Yuqoridagilarni birortasi haqida umuman hech narsa bilmasangiz, sizga qiyinroq bo’ladi, shuning uchun, dastlab, bu tushunchalar nima ekanligi va qanday ishlatilish haqida umumiy ma’lumotga ega bo’ling, nazariy jihatdan bo’lsa ham. Amalda ishlatib kuring.

admin

Share

Fikr bildirish